Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning hozirgi holatidan norozi

Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning hozirgi holatidan norozi

Fransuz himoyachisi Teo Ernandes “Milan”ni tark etib, Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi. Biroq yangi jamoasida u kutilgan darajada taassurot qoldirmayapti va “Al-Hilol” muxlislari futbolchining o‘yinidan ochiqchasiga norozilik bildira boshladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yaqinda Teo klubning navbatdagi mag‘lubiyatidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda muxlislardan uzr so‘rashga qaror qildi. Ammo bu qadam uni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga, izohlarda keskin tanqidlar to‘lqinini keltirib chiqardi.

Kommentariyalarda ishqibozlar uning uzrlari “zerikarli” bo‘lib qolganini, Ernandes vazn orttirgani va avvalgidek tezlikda yugurmayotganini yozishdi. Ayrimlar esa u maydonda shunchaki “raqam o‘tayotgani”, bu holat hatto Saudiya chempionatida ham yaqqol ko‘rinayotganini ta’kidladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.