Aleksandr Gleb Barselonani Chempionlar ligasi favoriti dedi

Aleksandr Gleb Barselonani Chempionlar ligasi favoriti dedi

Avval Barselona safida top surgan belaruslik sobiq futbolchi Aleksandr Gleb kataloniyaliklarning joriy Chempionlar ligasidagi o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Glebning ta'kidlashicha, Barselona odatda himoyada muammolarga duch keladi, biroq jamoa yarim himoya va hujum chizig'idagi kuchi evaziga natijani o'z foydasiga og'dira oladi. U klubni hanuz Chempionlar ligasida g'alaba uchun asosiy da'vogarlardan biri deb hisoblaydi.

Hozirda Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa Chempionlar ligasi turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda va 13 ochko jamg'argan.

Bugun, 28-yanvar kuni «ko'k-anorranglilar» o'z maydonida «Kopengagen»ni qabul qiladi. Umumiy bosqichning 8-tur uchrashuvi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.