Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning jismoniy holatidan norozi

Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning jismoniy holatidan norozi

Fransuz himoyachisi Teo Ernandes «Milan»ni tark etib, Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi. Biroq yangi manzilda u kutilgan darajada taassurot qoldirmayapti va bu holat «Al-Hilol» tribunalarida ham norozilik kayfiyatini kuchaytirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yaqinda futbolchi jamoasi navbatdagi mag‘lubiyatdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda muxlislardan uzr so‘rashga qaror qildi. Ammo bu qadam uni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga, aksincha, keskin munosabatlar to‘lqinini keltirib chiqardi.

Izohlarda muxlislar Teoning doimiy uzrlaridan charchaganini yozishdi, uning vazn orttirgani va avvalgidek yugurmay qo‘ygani ta’kidlandi. Shuningdek, u maydonda jon kuydirmay, shunchaki “raqamni o‘tab” yurgani Saudiya chempionatining o‘zida ham sezilayotgani qayd etildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.