Ayvən Toni Saudiya ligasida Ronalduyni ortda qoldirdi

Ayvən Toni Saudiya ligasida Ronalduyni ortda qoldirdi

Saudiya Arabistoni chempionatining to\'purarlik poygasida Krishtianu Ronaldu raqibiga yo\'l berdi. \"Al-Ahli\" hujumchisi Ayven Toni \"Al-Ittifaq\"ka qarshi o\'yinda porlab, jamoasining 4:0 hisobidagi g\'alabasiga katta hissa qo\'shdi va xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu natijadan so\'ng Toni hisobidagi gollar 18 taga yetib, u to\'purarlar ro\'yxatida yakka peshqadamga aylandi. \"Al-Nasr\" safidagi Ronaldu va \"Al-Qodisiya\" hujumchisi Xulian Kinones esa 16 tadan gol bilan ikkinchi o\'rinni bo\'lishib turibdi.

Turnir jadvalida \"Al-Hilol\" yetakchilik qilmoqda: jamoa 17 turda hali mag\'lubiyat ko\'rmagan — 14 g\'alaba va 3 durang.

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida 2023 yildan beri to\'p surib kelmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.