Kasado Kopengagen bilan o'yin biroz murakkab kechganini aytdi

Kasado Kopengagen bilan o'yin biroz murakkab kechganini aytdi

“Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasado Yevropa Chempionlar ligasida “Kopengagen”ga qarshi o‘tgan uchrashuvdan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 8-tur bahsida kataloniyaliklar raqibini 4:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.

Kasadoning so‘zlariga ko‘ra, “Kopengagen”ga qarshi o‘yin kutilganidan qiyinroq o‘tgan va jamoani biroz xavotirga ham solgan. Shunga qaramay, eng muhimi — uch ochko qo‘lga kiritilgani va ilk sakkizlikda marraga yetib borilgani. U qo‘shimcha pley-off raundidan qochish tig‘iz taqvim sharoitida jamoaga katta yengillik berishini ta’kidladi.

8 tur yakunlariga ko‘ra, “Barselona” turnir jadvalida 16 ochko bilan 5-o‘rinni egalladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.