Fenerbahche Kante uchun 4 mln yevro taklif qiladi

Fenerbahche Kante uchun 4 mln yevro taklif qiladi

Fransuz tayanch yarim himoyachisi N’Golo Kante yana Yevropaga qaytishi mumkin. Hozir 34 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Ittihod» safida to‘p surmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Sports Digitale manbasiga ko‘ra, tajribali futbolchiga Istanbulning «Fenerbahche» klubi qiziqish bildirmoqda. Turkiya grandi rahbariyati Kante transferi uchun 4 million yevro ajratishga tayyor.

Qayd etilishicha, yarim himoyachining saudiyalik klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Joriy mavsumda Kante Saudiya Arabistoni chempionatida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.