Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana mag'lub bo'ldi

Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida safarda «Xirosima»ga 0:1 hisobida yutqazib, bu gal ham ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi — mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani yo'lladi. Bu natija Xitoy klubi uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.

Olti turdan so'ng 4 ochko jamg'argan «Shanxay Shenxua» jadvalda 11-o'rinni egallab turibdi. 11 ochkosi bor «Xirosima» esa kuchli uchlikda — 3-pog'onada joylashgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.