River Pleyt Monumental stadionini 101 ming o'ringacha kengaytiradi

River Pleyt Monumental stadionini 101 ming o'ringacha kengaytiradi

Argentina grandi «River Pleyt» o'zining mashhur «Monumental» stadionini kengaytirish bo'yicha yangi loyihani e'lon qildi. Rejaga ko'ra, arena sig'imi 101 ming tomoshabinga yetkaziladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kengayish natijasida 16 mingta qo'shimcha o'rin paydo bo'ladi: hozirda stadion 85 ming kishini qabul qila oladi. Qurilish ishlari aprel oyida boshlanib, taxminan 36 oy — uch yil davom etishi kutilmoqda. Yangilangan «Monumental» 2029 yildan boshlab 100 mingdan ortiq muxlisni sig'dira oladi.

Sig'im bo'yicha «Monumental» «Kamp Nou»ni ortda qoldiradi, biroq baribir Pxenyandagi 80-yillarning ikkinchi yarmida barpo etilgan «Birinchi may nomidagi Ninnado» stadionidan kichikroq bo'lib qoladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.