Fenerbahche Atalanta bilan Ademola Lukman bo'yicha gaplashdi

Fenerbahche Atalanta bilan Ademola Lukman bo'yicha gaplashdi

Turkiyaning «Fenerbahche» klubi Italiya vakili «Atalanta» bilan nigeriyalik hujumchi Ademola Lukmanning transferi yuzasidan muzokara o'tkazdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, 30 yanvar kuni bo'lib o'tgan uchrashuvdan keyin kelishuv yakuniy bosqichga yaqinlashgan. «Fenerbahche» Lukman uchun bonuslar bilan birga 40 million yevro to'lashga tayyor.

O'tgan yozda futbolchiga Milanning «Inter» klubi ham jiddiy qiziqish bildirgan, biroq «Atalanta» uni qo'yib yubormagan. Shundan so'ng Lukman bir muddat maydonga tushishni istamagani aytiladi. Joriy mavsumda 28 yoshli hujumchi 19 o'yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.