Yevropa “top-5” chempionatlarida bugungi tur o‘yinlari to‘liq ro‘yxati

Yevropa “top-5” chempionatlarida bugungi tur o‘yinlari to‘liq ro‘yxati

Haftaning dam olish kunlari degani Yevropada futbol “rejimi” yoqiladi, muxlislarda esa tanlov ko‘payib ketadi. Bugun ham “top-5” chempionatlarda navbatdagi tur bahslari o‘tkaziladi va dasturda ancha shirin to‘qnashuvlar bor.

APLda chempionlik poygasida yurayotgan “Arsenal” safarda “Lids”ga qarshi maydonga tushadi. La Ligada esa “Barselona” safar o‘yinida “Elche” bilan kuch sinashadi. Shu bilan birga, hamyurtimiz Abbos Fayzullayev hamda Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan “Bashakshehir” ham navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi — Turkiya Superligasida “Rizespor”ga qarshi.

Quyida bugungi bellashuvlarning to‘liq ro‘yxati:

APL 24-tur

20:00 “Brayton” – “Everton”

20:00 “Lids” – “Arsenal”

20:00 “Vulverxempton” – “Bornmut”

22:30 “Chelsi” – “Vest Hem”

01:00 “Liverpul” – “Nyukasl”

La Liga 22-tur

18:00 “Real Ovedo” – “Jirona”

20:15 “Osasuna” – “Vilyarreal”

22:30 “Levante” – “Atletiko Madrid”

01:00 “Elche” – “Barselona”

A Seriya 23-tur

19:00 “Piza” – “Sassuolo”

22:00 “Napoli” – “Fiorentina”

00:45 “Kalyari” – “Verona”

Liga 1 20-tur

21:00 “Parij FK” – “Marsel”

23:00 “Loryan” – “Nant”

01:05 “Monako” – “Renn”

Bundesliga 20-tur

19:30 “Ayntraxt” – “Bayer”

19:30 “Leypsig” – “Mayns 05”

19:30 “Verder” – “Borussiya M”

19:30 “Augsburg” – “Sankt-Pauli”

19:30 “Xoffenxaym” – “Union”

22:30 “Gamburg” – “Bavariya”

Turkiya Superligasi 20-tur

16:30 “Alanyaspor” – “Eyupspor”

19:00 “Bashakshexir” – “Rizespor”

22:00 “Beshiktosh” – “Konyaspor”

22:00 “Gyoztepe” – “Karagyumryuk”

Bugungi menyu shunday: kimdir “Arsenal”ning chempionlik kayfiyatini tekshiradi, kimdir “Barsa”ning safardagi xarakterini ko‘radi, kimdir esa “Bashakshehir”dagi hamyurtimizlarni kuzatadi. Siz qaysi o‘yinni tanladingiz?

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.