Inter Roma sardori Pellegrinini tekinga olib kelmoqchi

Inter Roma sardori Pellegrinini tekinga olib kelmoqchi

Milaning «Inter» klubi «Roma» yarim himoyachisi Lorenzo Pellegriniga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Oratsio Akkomandoning ma’lumotiga ko‘ra, «Inter» futbolchini joriy yil yozida erkin agent sifatida safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Futbolchining «bo‘rilar» bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi va «Inter» transfer xarajatlarini kamaytirgan holda, markaziy chiziqni kuchaytirmoqchi.

Pellegrini 2017 yilda «Sassuolo»dan «Roma»ga 10 million yevro evaziga o‘tgan. Bu mavsum u barcha musobaqalarda rimliklar safida 22 o‘yinda maydonga tushib, 4 gol urdi va 1 assist qayd etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.