Anchelotti Endrikni Braziliya hujumida asosiy rolga tayyorlamoqda

Qishda «Real»dan ijara asosida «Lion»ga o‘tgan Endrik Fransiyada o‘zini yorqin tomondan ko‘rsatmoqda. Shundan so‘ng Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uni navbatdagi yig‘inga chaqirishni ko‘zdan kechirayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline nashri L’Equipe’ga tayanib yozishicha, mart oyidagi yaqin xalqaro tanaffusda Endrik Braziliya terma jamoasining asosiy markaziy hujumchisi sifatida maydonga tushishi kutilmoqda.
Mart oxirida Braziliya terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Fransiya va Xorvatiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













