Ronaldu to‘purarlar poygasida ortda qolmoqda, ikki raqib oldinga chiqdi

Ronaldu to‘purarlar poygasida ortda qolmoqda, ikki raqib oldinga chiqdi

Krishtianu Ronaldu uchrashuvlarni boykot qilayotgan bir paytda, uning to‘purarlar poygasidagi raqiblari gol urishda davom etmoqda. Avval portugaliyalik hujumchi «Al-Ahli» vakili Ayven Toni foydasiga yetakchilikni boy bergandi, endi esa «Al-Kadisiya»ning hujumchisi Xulian Kinones ham uni ortda qoldirdi. Ronaldu hisobida hamon 17 gol bor, Toni 19, Kinones esa 18 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli forvard kelayotgan yozdayoq Saudiya Arabistonini tark etishi mumkin. Futbolchi Saudiya Arabistoni Suveren fondi «Al-Hilol»ni «Al-Nasr»dan ko‘ra ko‘proq qo‘llayotgani, shu sabab chempionatda “halol raqobat” haqida gapirish qiyinligini o‘ylamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.