Saudiyalik jurnalist Ronalduni ustun qoʻymasliklarini taʼkidladi

Saudiyalik jurnalist Ronalduni ustun qoʻymasliklarini taʼkidladi

Krishtianu Ronaldu klub boshqaruvidan norozi ekanini bildirib, «Al-Nasr»ning ayrim uchrashuvlarini boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Vaziyatga munosabat bildirgan saudiyalik teleboshlovchi Valid al-Faraj yulduz futbolchining maqomi qoidalardan ustun qoʻyilmasligini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Al-Farajning taʼkidlashicha, Saudiya Arabistonidagi sport tizimi va liga reglamenti «qizil chiziq» hisoblanadi: jahon yulduzi bo‘lish tartibni buzishga asos bo‘la olmaydi. U Ronalduni reglamentni hurmat qilishga va qonunlarga rioya etishga chaqirib, «biz Ronaldu oldida tiz cho‘kmaymiz, mamlakatimiz va ligamiz hammasidan ustun», degan fikrlarni ilgari surdi.

Maʼlumot uchun, Krishtianu Ronalduning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.