Inter Sassuolo bilan o'yin uchun asosiy tarkibni e'lon qildi

Inter Sassuolo bilan o'yin uchun asosiy tarkibni e'lon qildi

Italiya A Seriyasining 24-turida yakshanba oqshomida «Sassuolo» va «Inter» o'zaro to'qnash keladi. Milanliklar bosh murabbiyi Kristian Kivu uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlaydigan futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Inter»ning asosiy tarkibi: Zommer, Bissekk, Akandji, Bastoni, Dimarko, Enrike, Suchich, Zelinski, Mxitaryan, Tyuram, Lautaro Martines.

«Sassuolo» — «Inter» bahsi 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O'yinni batafsil tarzda LiveResult portalidagi matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.

«Inter» A Seriyada peshqadam bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rindagi «Milan» esa qo'shnilaridan besh ochko ortda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.