Ronaldu to'purarlar poygasida ortda qolmoqda, ikki raqib oldinga o'tdi

Ronaldu to'purarlar poygasida ortda qolmoqda, ikki raqib oldinga o'tdi

Krishtianu Ronaldu o'yinlarda ko'rinmayotgan bir paytda, to'purarlar poygasidagi raqiblari gollar urishda davom etmoqda. "Al-Ahli" hujumchisi Ayven Toni portugaliyalik yulduzni ortda qoldirib, peshqadamlikni qo'lga olgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endi esa "Al-Kadisiya" safidagi Xulian Kinyones ham Ronaldudan o'zib ketdi. Ronaldu hisobida hanuz 17 ta gol bor, Toni 19, Kinyones esa 18 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan.

41 yoshli hujumchi yozda Saudiya Arabistonini tark etishi ham mumkin. Futbolchi Saudiya Arabistoni Suveren fondi "Al-Hilol"ni "Al-Nasr"ga nisbatan ko'proq qo'llab-quvvatlayapti, shu sabab chempionatda "halol raqobat" bo'lishi qiyin, deb hisoblaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.