Inter Sassuologa qarshi o'yin uchun tarkibni e'lon qildi

Inter Sassuologa qarshi o'yin uchun tarkibni e'lon qildi

Italiya A Seriyasining 24-turi doirasida yakshanba oqshomida «Sassuolo» va «Inter» o'zaro to'qnash keladi. Milanliklar bosh murabbiyi Kristian Kivu uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilarni ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Maydonga ilk daqiqalardan boshlab quyidagilar tushadi: Zommer, Bissyekk, Akandji, Bastoni, Dimarko, Enrike, Suchich, Zelinski, Mxitaryan, Tyuram, Lautaro Martines.

«Sassuolo» – «Inter» uchrashuvi 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O'yin tafsilotlarini LiveResult portalidagi matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.

Hozirda «Inter» Italiya chempionati jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rindagi «Milan» qo'shnilaridan besh ochko ortda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.