Roberto Karlos Ronaldu faoliyatni davom ettirishi kerak dedi

Roberto Karlos Ronaldu faoliyatni davom ettirishi kerak dedi

Braziliya futboli afsonasi, sobiq himoyachi Roberto Karlos Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Nasr» safida to‘p surayotgan 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Karlosning aytishicha, Ronaldu hech qachon to‘xtamasligi kerak. «Agar u bir kun faoliyatini yakunlashga qaror qilsa, men albatta qo‘ng‘iroq qilib, fikridan qaytaraman. Bunday futbolchilar klub va milliy jamoa uchun juda katta ahamiyatga ega. U hatto bir oyog‘i bilan bo‘lsa ham o‘ynashda davom etishi kerak. Krishtianuning faoliyati endi futbolga kirib kelayotgan yoshlarni ilhomlantiradi», — dedi Karlos. Uning so‘zlarini O Jogo nashri keltirdi.

Ronaldu «Al-Nasr» bilan shartnoma bo‘yicha 2027 yilgacha bog‘langan. Xabarlarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi hozirgi vaziyatidan norozi va jamoaning so‘nggi uchrashuvlarida qatnashmasdan, norozilik bildirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.