The Athletic talqinida tarixning eng kuchli futbolchilari aniqlandi

The Athletic talqinida tarixning eng kuchli futbolchilari aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tomonidan tuzilgan tarixdagi 100 nafar eng yaxshi futbolchi roʻyxati keng tarqaldi va u futbol muxlislari orasida katta qiziqish uygʻotdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Reytingning kuchli oʻnligiga Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferens Pushkash va Mishel Platini kiritilgan.

Albatta, bunday roʻyxatlarni mutlaqo xolis tuzish qiyin. Reddit’da muxlislar qizgʻin bahsga kirishib, ayrimlar uch karra jahon chempioni Pele nega faqat uchinchi oʻrinda qolganidan norozi ekanini bildirgan.

Shuningdek, darvozabonlar orasida afsona sanaladigan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pogʻonadan joy oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.