Holann gollar kamligidan norozi ekanini tan oldi

Holann gollar kamligidan norozi ekanini tan oldi

"Manchester Siti"ning markaziy hujumchisi Erling Holann so‘nggi o‘yinlardagi natijadorligi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Norvegiyalik forvard 2026 yil boshidan beri barcha musobaqalarda 12 uchrashuvda maydonga tushib, atigi uch bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

"Men yanada jam bo‘lishim, har jihatdan yaxshiroq o‘ynashim kerak — buning ustida ishlayman. Nega yaxshi natija ko‘rsata olmaganim haqida gapirishni xohlamayman. O‘ylaymanki, bunga hech qanday bahona yo‘q", — deya Holannning so‘zlarini ESPN keltirdi.

Joriy mavsumda 25 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda qatnashib, 28 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etgan. Holannning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2034 yilgacha amal qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.