Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi

Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati borasida berilgan savollarga javob qaytardi. 32 yoshli futbolchining so'zlari "FNL s Ilyovym" telegram-kanali e'lon qilgan videoda keltirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiyadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani so'ralganda, u hammasi joyida ekanini aytdi. Shuningdek, futbolchi Turkiyadagi sharoitlar va muhit o'zini to'liq qoniqtirayotganini tabassum bilan ta'kidladi.

Georgiy Jikiya "Antalyaspor" safiga o'tgan yozda kelib qo'shilgan. Shundan buyon u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga ham ulgurdi.

Hozir "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13 fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.