Luis Enrike de Dzervining ish uslubini yuksak baholadi

Luis Enrike de Dzervining ish uslubini yuksak baholadi

Fransiya chempionatining navbatdagi turida "PSJ" prinsipial raqibi "Marsel"ni yirik hisobda taslim etdi. Shunga qaramay, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike uchrashuvdan keyin raqib jamoa ustozi Roberto de Dzervining ishiga ijobiy baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Enrike italiyalik mutaxassisning futbol falsafasi, xususan, hujumkor o'yinga urg'u berishi va doimo g'alabani ko'zlashi unga yoqishini ta'kidladi. Uning fikricha, de Dzervi Fransiya chempionatidagi eng kuchli murabbiylar qatoridan joy olgan.

Ayni paytda "PSJ" Fransiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va "Lans"ni ikki ochko ortda qoldirgan. "Marsel" esa hozircha to'rtinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.