Jek Grilish jarrohlikdan soʻng mavsumni muddatidan oldin yakunladi

Jek Grilish jarrohlikdan soʻng mavsumni muddatidan oldin yakunladi

"Everton"ning hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilish oyogʻidagi jarohat sabab operatsiya qildirdi. Angliyalik vinger bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali maʼlum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchi mavsumni bunday yakunlashni istamaganini, biroq vaziyat shunday tus olganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtgan va endi u tiklanish jarayoniga eʼtibor qaratadi. Grilish muxlislarga qoʻllab-quvvatlagani uchun alohida minnatdorlik bildirdi hamda maydonga yanada kuchliroq qaytishni maqsad qilganini taʼkidladi.

Joriy mavsumda 30 yoshli yarim himoyachi "Everton" safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U hisobiga 2 ta gol va 6 ta golli uzatma yozildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.