Karvaxal Real Madridda norozi bo'lishiga sabab oshkor bo'ldi

Real Madrid himoyachisi Dani Karvaxal klubdagi hozirgi vaziyatidan qoniqmayapti. The Touchline xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa uni jiddiy qabul qilmayotganini o'ylamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Karvaxal o'zini hanuz top darajaga mos deb biladi. Uning noroziligiga asosiy omillardan biri — yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatiga eng yaxshi sport formasida borish istagi. Shu sabab Dani Real Madridda berilayotgan o'yin vaqti kamligidan ko'ngli to'lmayapti.
Real Madrid La Ligadagi navbatdagi uchrashuvini 14-fevral kuni o'z maydonida Real Sosedadga qarshi o'tkazadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













