Joan Laporta Barselona bilan xayrlashib, saylovga tayyorlanmoqda

Joan Laporta Barselona bilan xayrlashib, saylovga tayyorlanmoqda

Joan Laporta «Barselona» prezidenti lavozimini tark etdi. Klub reglamentiga ko‘ra, u keyingi prezidentlik saylovlarida qatnashish huquqini saqlab qolish uchun aynan shunday qadam tashlashga majbur bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Seshanba kuni Laporta jamoaning mashg‘ulot bazasiga borib, futbolchilar bilan xayrlashdi. The Touchline xabariga ko‘ra, tarqalgan suratda «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Laportani quchoqlab turgani aks etgan.

«Barselona» prezidentligi uchun saylov 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Laporta ushbu saylovda g‘alaba qozonish niyatida.

Hozirda «Barselona» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o‘rindagi «Real» kataloniyaliklardan atigi bir ochko ortda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.