Ronaldu atrofidagi mojarolar fonida Al Nasr rahbari ketdi

Ronaldu atrofidagi mojarolar fonida Al Nasr rahbari ketdi

Krishtianu Ronalduning klubdagi holatidan norozi ekaniga doir gap-so‘zlar ortidan «Al-Nasr»da muhim o‘zgarish yuz berdi. Arriyadiyah xabariga ko‘ra, direktorlar kengashi raisi Muhammad al-Skit iste’foga ariza topshirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, funksioner qarorini shaxsiy sabablar bilan izohlagan, biroq tafsilotlarni ochiqlamagan.

Avvalroq «Al-Nasr» Ronalduning yaqinlari sanaladigan portugaliyaliklar — Joze Semedu va Simao Koutin’yuning vakolatlarini qayta tiklagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, yulduzli hujumchiga klub ichki muammolarni bartaraf etish bo‘yicha kafolatlar bergani aytiladi.

Qayd etilishicha, «Al-Nasr» boshqaruvidagi yangilanishlar davom etadi. Jamoa hozirda chempionat jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.