Ronaldu atrofidagi vaziyat Al-Nasrda iste’foga olib keldi

Ronaldu atrofidagi vaziyat Al-Nasrda iste’foga olib keldi

Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq norozilik klubi ichida jiddiy aks-sado berdi. Arriyadiyah xabariga ko‘ra, Muhammad al-Skit «Al-Nasr» direktorlar kengashi raisi lavozimidan iste’fo berdi. U qarorini shaxsiy sabablar bilan izohladi, biroq tafsilotlarni ochiqlamadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq «Al-Nasr» Ronalduga yaqin bo‘lgan portugaliyaliklar — Joze Semedu va Simao Koutinyo vakolatlarini qayta tiklagani haqida ma’lumot tarqalgan edi. Ta’kidlanishicha, yulduz hujumchi klubdan ichki muammolarni bartaraf etish bo‘yicha kafolat ham olgan.

Manbalar «Al-Nasr» boshqaruvida o‘zgarishlar davom etishini ham qayd etmoqda. Jamoa hozir turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.