Ronalduning taʼsiri Al-Nasr rahbari lavozimidan ketdi

Ronalduning taʼsiri Al-Nasr rahbari lavozimidan ketdi

Krishtianu Ronaldu atrofidagi norozilik toʻlqini klub ichidagi jarayonlarga ham taʼsir qilgandek. Arriyadiyah xabariga koʻra, “Al-Nasr” direktorlar kengashi raisi Muhammad as-Skit isteʼfo bergan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbada aytilishicha, funksioner qarorini shaxsiy sabablar bilan izohlagan, biroq tafsilotlarni ochiqlamagan.

Avvalroq klubda Ronalduga yaqin bo‘lgan portugaliyaliklar — Jozе Semedu va Simau Koutinyo vakolatlari qayta tiklangani haqida xabarlar chiqqan edi. Shuningdek, yulduz hujumchiga klub ichidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha vaʼdalar berilgani ham tilga olinadi.

Qayd etilishicha, “Al-Nasr”ning boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar davom etadi. Jamoa hozir turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.