Atalanta va Yuventus darvozabonlar borasida almashinuv qilishi mumkin

Atalanta va Yuventus darvozabonlar borasida almashinuv qilishi mumkin

Atalantaning darvozaboni Marko Karnesekki yozda jamoasini o'zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Calciomercato xabariga ko'ra, 25 yoshli golkiperga Yuventus qiziqish bildirmoqda. Turin klubi Mishele di Gregorioning o'yinidan to'liq qoniqmagani uchun Atalantaga darvozabonlar almashinuvini taklif qilishga tayyor. Bergamoliklar mavsum yakunida Chempionlar ligasiga yo'llanma ololmasa, muzokaralar yanada jiddiy tus olishi mumkin.

Karnesekki 2017 yilda Chezena klubidan 1,7 million yevro evaziga Atalantaga kelib qo'shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u 32 uchrashuvda maydonga tushib, 30 gol o'tkazib yubordi va 13 o'yinda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.