Alonso PSGda Safonovni nega qadrlashlarini aytdi

PSJning sobiq darvozaboni Jerom Alonso parijliklar rossiyalik golkiper Matvey Safonovga jamoa ichida qanday munosabatda ekanini gapirib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Alonsoning ta’kidlashicha, u eshitgan ma’lumotlarga ko‘ra, Safonovni jamoada juda yaxshi ko‘rishadi. U Donnarumma jamoada bo‘lgan davrda ham tinmay mehnat qilgani, intizom va qat’iyat bilan ishlagani uchun hurmat qozongan. Alonso so‘zlarini “Sport-Ekspress” nashri keltiradi.
Joriy mavsumda Fransiya Liga 1 musobaqasida 26 yoshli darvozabon 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol o‘tkazib yubordi.
Safonov 2024 yil yozida “Krasnodar”dan PSJga ko‘chib o‘tgandi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Golkiperning bozor qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.













