Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi

Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi

Turkiyaning «Antalyaspor» klubida to'p surayotgan himoyachi Georgiy Jikiya jamoada o'zini qanday his qilayotgani haqida gapirdi. 32 yoshli futbolchining so'zlari aks etgan videoni «FNL s Ilyovym» telegram-kanali tarqatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiyadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani so'ralganda, u «Hammasi yaxshi, rahmat», deb javob berdi. Turkiyadagi sharoitlar ham ko'ngildagidek ekanini ta'kidlab, u barchasi joyida ekanini tabassum bilan aytdi.

Jikiya «Antalyaspor» safiga o'tgan yozda qo'shilgandi. Shu vaqt ichida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Hozir «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13 fevral kuni o'z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o'tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.