Marsel De Dzerbi bilan hamkorlikni yakunladi

«Marsel» klubi rasmiy saytida italiyalik murabbiy Roberto De Dzerbi jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etganini ma’lum qildi. Tomonlar hamkorlikni o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
De Dzerbi Provans klubini 2024 yil yozidan buyon boshqarib kelayotgandi. O‘tgan mavsum uning qo‘l ostida «Marsel» Liga 1da ikkinchi o‘rinni egallab, faqat Parijning «PSJ» jamoasiga yo‘l bergan.
Hozirda «Marsel» 39 ochko bilan Fransiya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi pog‘onada bormoqda. Jamoa so‘nggi uchrashuvda «PSJ»ga qarshi maydonga tushib, 0:5 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













