Bergkamp Benzemaning harakatlari bilan yosh hujumchilarni o‘qitganini aytdi

Bergkamp Benzemaning harakatlari bilan yosh hujumchilarni o‘qitganini aytdi

Futbol afsonalaridan biri Dennis Bergkamp fransuz hujumchisi Karim Benzema haqida fikr bildirib, uning maydondagi o‘yin uslubi va foydali harakatlarini juda yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bergkampning so‘zlariga ko‘ra, u yoshlar jamoalarida ishlagan paytida hujumchilarga aynan Benzemaning maydondagi ochilishlari va joy tanlashini misol qilib ko‘rsatgan. Mutaxassis Benzemaning tezlanishlari va to‘g‘ri yo‘nalishda qiladigan yugurishlari hujumchilar uchun ideal namunaga aylanganini ta’kidladi.

Qishki transfer oynasida Benzema «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga o‘tdi. Joriy mavsumda 38 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 22 o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.