Naumov Mourinyo uchun Saudiya Arabistonini mos ko'rdi

Naumov Mourinyo uchun Saudiya Arabistonini mos ko'rdi

"Lokomotiv"ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov "Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyo faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan yo'nalish haqida fikr bildirdi. U bu haqda "Yevro-Futbol.Ru"ga bergan intervyusida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Naumovning ta'kidlashicha, Mourinyoning avvalgi o'ziga xosligi va kutilmagan qarorlari hozir sezilmayapti. Ekspert fikricha, portugaliyalik mutaxassis futbol tendensiyalaridan ortda qolgan va hozirgi paytda u endi avvalgidek yorqin obraz emas.

Naumov Mourinyo uchun eng maqbul variant sifatida Saudiya Arabistonini tilga oldi. Uning aytishicha, u yerda maoshlar yuqori, shov-shuv va mojarolarni yaxshi ko'rishadi, shuningdek, tajribali va yoshi katta yulduz futbolchilar bilan ishlash imkoniyati bor.

Ma'lumot uchun, Mourinyo boshqaruvidagi "Benfika" Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning "Real" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17 fevral kuni Portugaliyada bo'lib o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.