Inter Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirish niyatida

Inter Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirish niyatida

Milanning «Inter» klubi yarim himoyachi Genrix Mxitaryanni tarkibda olib qolmoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tuttosport xabariga ko'ra, «neradzurrilar» 37 yoshli futbolchiga 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan qisqa muddatli yangi kelishuv taklif qilish variantini ko'rib chiqmoqda. Hozirgi shartnoma esa 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Mxitaryan 2022 yilda «Roma»dan erkin agent sifatida «Inter»ga kelib qo'shilgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 24 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 3,5 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.