Al-Nasr murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Zhorzhe Zhezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan keyin tez orada qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, aynan shu o‘yinda u yana tarkibda bo‘lmaydi.

Zhezushning so‘zlariga ko‘ra, jamoa zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy bu qarorni oldinda turgan «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv bilan bog‘ladi.

Shuningdek, mutaxassis Ronalduga dam berilishi yangilik emasligini ta’kidladi: uning Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan ayrim o‘yinlarda ishtirok etmasligi avval ham kuzatilgan.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.