Djikya Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa javob berdi

Djikya Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa javob berdi

“Antalyaspor” himoyachisi Georgiy Djikya Turkiyadagi faoliyati yuzasidan berilgan savollarga munosabat bildirdi. 32 yoshli futbolchining so'zlari aks etgan videoni “FNL s Ilyovym” telegram-kanali tarqatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalistning “Klubdagi ishlaringiz qanday?” degan savoliga Djikya “Hammasi yaxshi, rahmat”, deya javob berdi. Keyingi savolda ham u Turkiyadagi sharoitdan mamnunligini bildirib, tabassum bilan “Hammasi joyida”, dedi.

Djikya “Antalyaspor” safiga o'tgan yozda qo'shilgan. Shu vaqt ichida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga ham ulgurdi.

Hozirda “Antalyaspor” Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13 fevral kuni o'z maydonida “Samsunspor”ga qarshi o'tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.