Nottingem Forest mavsumda uchinchi bor murabbiyni ishdan oldi

Nottingem Forest mavsumda uchinchi bor murabbiyni ishdan oldi

«Nottingem Forest» egasi Evangelos Marinakis sabr qilishni xush ko‘rmaydiganga o‘xshaydi: 2025/2026 yilgi mavsum davomida klub allaqachon uchinchi murabbiyni iste’foga chiqardi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq Shon Daych bilan ham xayrlashilgani haqida xabar bergandik. Mutaxassis 21 oktabrdan buyon jamoani boshqargan va 25 o‘yinda 10 g‘alaba, 5 durang hamda 10 mag‘lubiyat qayd etgan.

Oktabrda esa «o‘rmonchilar» atigi sakkiz uchrashuvdan (2 durang, 6 mag‘lubiyat) so‘ng Ange Postekoglu bilan yo‘llarini ajratgan. Sentabrda esa Nunu Eshpiritu Santu murabbiylik lavozimini tark etgan — bunga Marinakis bilan munosabatlar sovuqlashgani va portugaliyalik mutaxassis tarkibni kuchaytirishni talab qilgani sabab bo‘lgan.

Hozir «Nottingem Forest» APL jadvalida 17-o‘rinda bormoqda va quyi ligaga tushish hududidan bor-yo‘g‘i uch ochko oldinda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.