Djikija Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi

Djikija Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikija Turkiyadagi jamoasida qanday ahvolda ekaniga doir savollarga javob qaytardi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari aks etgan video «FNL s Ilovym» telegram-kanalida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qisqa muloqotda Djikijadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani so‘raldi. U esa hammasi joyida ekanini aytib, Turkiyada o‘zini to‘liq qoniqarli his qilayotganini tabassum bilan tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Djikija «Antalyaspor» safiga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgan. Shundan buyon u 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylangan.

Hozirda «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 13 fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o‘tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.