Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida gapirdi

Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida gapirdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati yuzasidan qisqa izoh berdi. 32 yoshli futbolchining so'zlari aks etgan videoni "FNL s Ilyovym" telegram-kanali e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiya klubdagi ishlari haqida savolga "Hammasi yaxshi, rahmat" deya javob qaytardi. Turkiyadagi sharoitlar ham uni to'liq qoniqtirayotgani, futbolchi buni tabassum bilan tasdiqlaganini aytdi.

Georgiy Jikiya o'tgan yozda "Antalyaspor" safiga kelib qo'shilgandi. Shu vaqt ichida u 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifi bo'ldi.

Hozir "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o'yini 13-fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.