Al-Hilal Nunesni roʻyxatdan chiqardi, Benzema kiritildi

Al-Hilal Nunesni roʻyxatdan chiqardi, Benzema kiritildi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida Saudiya Arabistoni chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilal»ning italiyalik bosh murabbiyi uni ichki musobaqalar uchun berilgan roʻyxatdan chiqarib, klubga kelgan Karim Benzema uchun joy ochdi. Biroq Nunes Osiyo Chempionlar ligasi oʻyinlari qaydnomasida saqlab qolindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Maʼlumot uchun, Nunes faoliyati davomida Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» va Angliyaning «Liverpul» klublarida toʻp surgan. U 2019 yildan beri Urugvay terma jamoasiga muntazam chaqiriladi va hozirgacha 13 ta gol urgan. Shuningdek, u 2022 yilgi Jahon chempionatida Qatarda ham ishtirok etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.