Arbeloa Barselonaning 0:4 mag'lubiyati haqida gapirdi

Arbeloa Barselonaning 0:4 mag'lubiyati haqida gapirdi

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi. Undan, tabiiyki, "Barselona"ning so'nggi natijasi haqida ham so'rashdi — payshanba kuni kataloniyaliklar Ispaniya Kubogida "Atletiko"ga 0:4 hisobida yutqazib qo'ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq Arbeloa bu mavzuni keng muhokama qilishdan bosh tortdi. "Barselonaning 0:4 hisobidagi mag'lubiyatimi? Bu yerda izohlaydigan gapim yo'q. Buni Flikdan so'rang", — dedi mutaxassis.

Arbeloa hozir "Real"ni La Liga doirasidagi uy uchrashuviga tayyorlamoqda: jamoa 14-fevral, shanba kuni "Real Sosyedad"ni qabul qiladi.

"Real" hozirda La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.