Boka Huniors yangi sport direktorini rasman tayinladi

Boka Huniors yangi sport direktorini rasman tayinladi

Argentinaning «Boka Huniors» klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni olib keldi. U jamoa prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Klub tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj bo‘lgani uchun, yangi tandemning asosiy vazifasi aynan transfer va seleksiya masalalarini jadallashtirish bo‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham yuqori saviyada to‘p surgan: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Shuningdek, 2003 yilda u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari sifatida e’tirof etilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.