Barselona Rafinya bo'yicha ijobiy yangilikni e'lon qildi

Barselona Ispaniya Kubogida Atletikoga 0:4 hisobida yutqazdi, biroq jamoa endi e'tiborini oldindagi vazifalarga qaratmoqda. Xans-Diter Flik futbolchilarni dushanba kuni bo'ladigan Jirona bilan uchrashuvga tayyorlashni boshlab yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub uchun eng quvonarli xabar — Rafinyaning safga qaytishi. Barselona matbuot xizmati braziliyalik vinger yana jamoa bilan birga umumiy mashg'ulotlarda qatnashayotganini ma'lum qildi. Bu esa uning yaqin o'yinda maydonga tushish ehtimoli borligini anglatadi.
La Liga doirasidagi Jirona — Barselona uchrashuvi 16-fevral, dushanba kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
Hozirda Barselona La Ligada peshqadamlik qilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













