Kanchelskis Karikga to'liq ishlash uchun imkon berardi

Kanchelskis Karikga to'liq ishlash uchun imkon berardi

"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Andrey Kanchelskis klubni vaqtincha boshqarayotgan Maykl Karik faoliyati haqida fikr bildirdi. Karik jamoa boshqaruvida o'tkazgan so'nggi besh uchrashuvning to'rttasida g'alaba qayd etishga erishdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kanchelskisning ta'kidlashicha, "Yunayted" mavsum yakunida APLda kuchli to'rtlikdan joy olib, Chempionlar ligasiga yo'llanma olishi shart. Murabbiylik masalasida esa u shoshilmaslikni, biroq Karikga imkon berish kerakligini aytdi.

Hozirda "Manchester Yunayted" 26 turdan so'ng 45 ochko jamg'argan va turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Jamoa oldida "Aston Villa" (50), "Manchester Siti" (53) va "Arsenal" (57) joylashgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.