Al-Hilol Benzema uchun Nunesni chempionat ro‘yxatidan chiqardi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida Arabiston chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi jamoa ro‘yxatiga yangi kelgan Karim Benzemani kiritish uchun Nunesni chempionat uchun berilgan arizadan chiqarib tashladi. Shunga qaramay, Nunes Osiyo Chempionlar ligasi o‘yinlari uchun qaydnomada qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ma’lumot uchun, Nunes faoliyati davomida Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» va Angliyaning «Liverpul» klublarida to‘p surgan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga jalb etib kelinadi va hozirgacha milliy jamoa safida 13 ta gol urgan. Shuningdek, u 2022 yilgi Qatar jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













