Nunes arab chempionati roʻyxatidan chiqarildi, oʻrniga Benzema kiritildi

Nunes arab chempionati roʻyxatidan chiqarildi, oʻrniga Benzema kiritildi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida arab chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilal»ning italiyalik bosh murabbiyi klubga qoʻshilgan Karim Benzemaga joy ochish uchun Nunesni chempionat o‘yinlari uchun tuzilgan roʻyxatdan chiqardi. Shunga qaramay, Nunes Osiyo Chempionlar Ligasi bahslari uchun arizada qoldirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o‘tamiz, Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» hamda Angliyaning «Liverpul» klublarida to‘p surgan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga jalb etilib keladi va hozirga qadar 13 ta gol urgan. Shuningdek, futbolchi 2022 yilgi Qatar Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.