Djikiyaning klubini o'zgartirishi mumkin, agent sababni aytdi

Djikiyaning klubini o'zgartirishi mumkin, agent sababni aytdi

Rossiyalik himoyachi, hozirda "Antalyaspor" safida to'p surayotgan Georgiy Djikiyaning kelajagi yuzasidan uning agenti Malik Arutyunov fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning so'zlariga ko'ra, futbolchi maosh kechikayotgani sababli Rossiya Premyer-ligasi klublaridan tushayotgan variantlarni ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, to'lovlar noyabr oyidan beri ushlanib qolgan, qolgan jihatlarda esa Djikiya Turkiyadagi sharoitdan mamnun.

32 yoshli himoyachi "Antalyaspor"ga o'tgan yil yozida kelib qo'shilgan va klub bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Djikiya 12 uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi hamda 3 ta sariq kartochka oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.