Dortmund Borussiyasi Mayntsni yirik hisobda mag'lub etdi

Dortmund Borussiyasi Mayntsni yirik hisobda mag'lub etdi

Germaniya Bundesligasining 22-turini Dortmundning «Borussiya»si «Maynts»ga qarshi o'yin bilan boshlab berdi. «Shmelilar» uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq tashabbusni qo'lga olib, raqibni tezda bosim ostida qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

10-daqiqada Yulian Ryuerson jarima maydoniga aniq uzatma berdi va Seru Girassi boshi bilan hisobni ochdi — 1:0. Oradan besh daqiqa o'tib, Ryuersonning navbatdagi uzatmasini bu safar Maksimilian Bayer golga aylantirdi — 2:0. Birinchi bo'lim yakuniga yaqin yana Ryuerson–Girassi tandemi ishladi: hujumchi dubl qayd etib, tanaffusgacha hisobni yirik ko'rinishga keltirdi — 3:0.

Ikkinchi taymda «Maynts» darvozaboni nihoyat ishga tushdi: u avval Feliks Nmechining xavfli zarbasini qaytardi, keyin esa burchak zarbasidan keyin Sheraldo Beker yo'llagan to'pga ham munosib javob berdi. Biroq 84-daqiqada Ryuersonning navbatdagi kornerri yakunda darvozadan joy oldi — Dominik Kor to'pni o'z darvozasiga kiritib qo'ydi va hisob 4:0 bo'ldi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Borussiya» «Bavariya»dan atigi uch ochko ortda qolmoqda. «Maynts» esa turnir jadvalida pastki pog'onalarda qolishda davom etyapti.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.