Jikiya maosh kechikishi sabab klubini o‘zgartirishi mumkin

Jikiya maosh kechikishi sabab klubini o‘zgartirishi mumkin

Antalyaspor himoyachisi Georgiy Jikiyaning agenti Malik Arutyunov futbolchining yaqin kelajagi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Jikiya maoshlarning kechikayotganidan norozi va shu sabab Rossiya Premer-ligasi klublaridan tushayotgan variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, to‘lovlar noyabr oyidan beri ushlanib kelmoqda, qolgan jihatlarda esa futbolchi Turkiyadagi sharoitdan mamnun.

32 yoshli markaziy himoyachi Antalyaspor safiga o‘tgan yil yozida qo‘shilgandi. U turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Jikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Himoyachi hisobida 2 ta gol va 3 ta sariq kartochka bor.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.